Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil oktyabr

Ushbu siyosat “MARDONTECH” MChJ (keyingi oʻrinlarda — “biz”) mardontech.uz saytida qanday maʼlumotlarni qayta ishlashini tushuntiradi. Dental Kabinet va RoleReady mahsulotlarining har biri oʻz maxfiylik siyosatiga ega.

Qanday maʼlumotlar yigʻiladi

Bu sayt roʻyxatdan oʻtishni talab qilmaydi, cookie-fayllar va tahliliy kuzatuv vositalaridan foydalanmaydi. Tanlangan til va mavzu (yorugʻ yoki tungi) faqat brauzeringizda (localStorage) saqlanadi. Xosting provayderi xavfsizlik maqsadida standart server jurnallarini (IP-manzil, soʻrov vaqti, brauzer turi) qisqa muddat saqlashi mumkin.

Bizga yozganingizda

Elektron pochta yoki Telegram orqali yozsangiz, aloqa maʼlumotlaringiz va xabaringizdan faqat sizga javob berish uchun foydalanamiz. Saytdagi soʻrov formasini yuborsangiz, telefon raqamingiz va xabaringiz bot orqali faqat bizning xodimlarimiz koʻradigan yopiq Telegram chatiga yetkaziladi; formani yuborishdan oldin bunga rozilik bildirasiz. Telegram serverlari Oʻzbekistondan tashqarida joylashgan. Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz.

Huquqlaringiz

Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq, sizga tegishli maʼlumotlar bilan tanishish, ularni tuzatish yoki oʻchirishni soʻrashingiz, shuningdek bergan roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin. Murojaat uchun: [email protected].

Oʻzgarishlar

Siyosat yangilanganda yangi tahrir shu sahifada eʼlon qilinadi.